Amare PharmCo Navro‘z bayrami munosabati bilan xolding xodimlari uchun Sumalak Party tashkil etdi

2026-05-12

Bahor va yangilanish ayyomi — Navro‘z munosabati bilan Amare PharmCo kompaniyasi butun xolding jamoasini milliy qadriyatlar, iliqlik va hamjihatlik muhitida birlashtirgan keng ko‘lamli korporativ tadbir — Sumalak Partyni tashkil etdi. Bayram oqshomi kompaniya jamoasi uchun o‘ziga xos voqeaga aylandi. Unda o‘zbek milliy madaniyati, korporativ muloqot va bayramona hordiq uyg‘un ravishda mujassam bo‘ldi. Xodimlar uchun qiziqarli tanlovlar, interaktiv o‘yinlar va yoqimli sovg‘alar bilan boy dastur tayyorlandi. G‘oliblar esa kompaniyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirga Navro‘z ruhida tayyorlangan milliy taomlar alohida fayz bag‘ishladi. Mehmonlar milliy sumalak hamda xolding xodimlari uchun maxsus tayyorlangan bayram oshidan bahramand bo‘lishdi. Kecha yakunida rahbariyat va jamoani birlashtirgan tantanali bayram dasturxoni tashkil etildi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, bunday tadbirlarni o‘tkazish Amare PharmCo korporativ madaniyatining muhim qismi hisoblanadi. Milliy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash, jamoa ichida do‘stona muhit yaratish va korporativ birdamlikni mustahkamlash kompaniyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Sumalak Party nafaqat yorqin Navro‘z bayrami, balki xodimlarni yanada yaqinlashtirish, ijobiy kayfiyat ulashish va an’analarga hurmat hamda jamoaviy birlik muhimligini yana bir bor namoyon etish imkoniyatiga aylandi.