Amare PharmCo jamoasi “ONA UYI” xayriya fondiga tashrif buyurdi

2026-05-12

Amare PharmCo jamoasi, direktor Diyorа Tairova boshchiligida, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatuvchi “ONA UYI” xayriya fondiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida kompaniya jamoasi fond qaramog‘idagi onalar va bolalar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Asosiy e’tibor iliq muhit yaratish, qo‘llab-quvvatlash va ruhiy ko‘mak berishga qaratildi. Amare PharmCo tomonidan fondga quyidagi zarur yordam vositalari topshirildi:

  • bolalar uchun sovg‘alar
  • shaxsiy gigiyena vositalari
  • onalar va bolalar uchun kundalik zarur buyumlar Shuningdek, bolalar uchun quvonchli va unutilmas lahzalar yaratilib, ularning kayfiyatini ko‘tarishga alohida e’tibor qaratildi. “ONA UYI” fondiga tashrif Amare PharmCo’ning ijtimoiy tashabbuslari doirasida amalga oshirildi. Ushbu tashabbus jamiyatning zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va xayriya madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. Amare PharmCo ijtimoiy mas’uliyat, insonparvarlik va og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.