Sinproji

Sinproji Tomchilar

Preparat xususiyatlari

Hazm qilish tizimi faoliyatini normallashtirish, ichak mikroflorasini tiklash va organizmning immun holatini oshirish uchun biologik faol qo‘shimcha.

Ishlab chiqaruvchi: "GRICAR CHEMICAL S.r.l.", Milano, Italy
Chiqarilish shakli: Tomchilar
Dorixonadan qidirisharrow

Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

Tarkibi

1 ml tarkibida 2 milliard tirik bakteriyalar mavjud:

  • L.Acidophilus 200 mld (DSM 24936) 0,16 mld
  • L. Casei 300 mld (DSM 25569) 0,16 mld
  • L.Rhamnosus 300 mld (DSM 25568) 0,33 mld
  • B. Brevis 300 mld (LMG P-30157) 0,16 mld
  • L.Plantarum 500 mld (DSM 24937) 0,33 mld
  • B.Bifidum 250 mld (DSM 25565) 0,16 mld
  • B.Longum 100 mld (Bl-05) 0,16 mld
  • L.Helveticus150 mld (DSM 20075) 0,16 mld
  • Lactococcus Lactis 200 mld (DSM 25566) 0,16 mld
  • S.Thermophilus 200 mld (SGSt01) 0,16 mld

Yordamchi komponent: zaytun moyi asosida ishlab chiqarilgan. Ovqat hazm qilish tizimini normallashtirish, ichak mikroflorasini tiklash va tananing immun holatini oshirish uchun kompleks biologik faol qo'shimchadir.

Farmakologik xossalari

Laktobakteriyalar (Lactobacillus acidophilus, casei, rhamnosus, helveticus, plantarum) normal metabolizm jarayonida sut kislotasini hosil qilishi, lizozim, antibiotik faolligi bo'lgan boshqa mod-dalarni ishlab chiqarishi va ichak mikroflorasining 85-95% tashkil etadigan bifidobak-teriyalarning o'sishiga yordam beruvchi kislotali muhitni yaratadi. PH muhitining o'zgarishi (kislotali yo'nalishda) antibakterial ta'sirga ega va ichak harakatini yaxshilaydi. Organik kislota-lar, bakteriosinlar (yuqori molekulyar og'irlikdagi antibiotiklar) ishlab chiqarilishi tufayli lakto - va bifidobakteriyalar patogen va shartli patogen mikroorganizmlarga qarshi aniq antagonistik faollikni namoyish etib, oshqozon - ichak traktini patogen mikroorganizmlarning ta'siridan himoya qiladi. Ular E. Coli, H. Influenzae, Campilobacter jejuni, Salmonella, Shigella, streptococcus, Staphylococcus aureus, Helicobacter pylori kabi patogen mikroorganizmlarga ularning o'sishini to'xtatadi va enterositlargabirikishini oldini oladi.

Lakto- va bifidobakteriyalar oqsillar, yog'lar va murakkab uglevodlarni parchalash jarayonida, safro kislotalari almashinuvida, shuningdek K va B vitaminlari, foliy va nikotin kislotalarning sintezida ishtirok etadi. Ular muhim aminokislotalarning sinteziga hissa qo'shadilar, ularning ishtirokida kalsiy tuzlari, D vitamini yaxshiroq so'riladi, ular ovqat hazm qilish va so'rilishida faol va bevosita ishtirok etadilar, ovqat hazm qilish bezlarining sekretor funksiyasini va ichak harakatini yaxshilaydilar. Lakto- va bifidobakteriyalar hujayraviy immunitetini va immunoglobulinlarni ishlab chiqarishni faollashtiradi, kasalliklarning uzoq muddatli shakllarining rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Immunostimulyator xususiyat ularning hujayra devorida immunomodulyator ta'sirga ega peptiglikanlar va teyxoik kislotalarning mavjudligi bilan bog'liq.

Laktobakteriyalarning afzalligi me'da shirasi va safro kislotalari ta'siriga yuqori chidamlidir, shuning uchun oshqozonning kislotali muhitida 30 daqiqadan so'ng mikroorganizmlarning taxminan 80% omon qoladi. Sinprojadagi bakteriyalar ichak devorining reseptorlariga yopishib olish va profilaktika yoki davolash kursi tugaganidan keyin 7-15 kungacha tirik qolish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, laktobakteriyalar vaginal epiteliya glikogenini sut kislotasiga metabolizasiya qilish orqali vaginal mikroflorani tiklashda muhim rol o'ynaydi, bu esa vaginal pH ni 3,8-4,2 darajasida ushlab turadi.

Sut kislotasi laktokokk (Lactococcus lactis) sut kislotasi hosil bo'lishiga va patogen mikroflorani bostirishga yordam beradi.

Termofil streptokokk (Streptococcus thermophilus) oziq-ovqat mahsulotlarini yaxshiroq hazm qilishga, tananing kurashuvchangligini oshirishga yordam beradi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega.

Ko‘rsatmalar

  • disbiyozning oldini olish va kompleks davolashda (ovqatlanish buzilishi, antibiotik terapiyasi va boshqalar fonida);
  • immunitet va tananing kasalliklarga umumiy qarshiligini oshirish;
  • antibiotiklar bilan davolash paytida va undan keyin rivojlangan disbiyoz (mikroflorani tiklash va normallashtirish uchun);
  • ovqat hazm qilish yetishmovchiligi sindromi (diareya, ich qotishi, qorin dam bo'lish, kekirish, og'riq, og'irlik, jig'ildon qaynash va dispepsiyaning boshqa belgilari);
  • oshqozon-ichak traktining bakterial infektsiyalari (kompleks terapiyaning bir qismi sifatida);
  • ovqatlanishning o'zgarishi, sayohat va boshqa sabablar bilan bog'liq o'tib ketuvchi ichak disfunksiyalarining (diareya yoki ich qotishi) oldini olish va davolash;
  • sut laktoza hazm qilaolmaslik;
  • teri kasalliklarida teri mikroflorasini yaxshilash;
  • psevdomembranoz kolitning oldini olish uchun (antibiotik terapiyasi fonida Clostridium difficile sabab bo'lgan).

Qo‘llash usuli

  • 0 - 1 yoshgacha, kuniga 5 tomchidan 1-2 mahal;
  • 1 - 6 yoshgacha, kuniga 5 tomchidan 2-3 mahal;
  • 6 - 12 yoshgacha, kuniga 12 tomchidan 2-3 mahal;
  • 12 yoshdan kattalarga, kuniga 20 tomchidan 2-3 mahal.

Ovqatlanish paytida yoki ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi.

Qarshi ko‘rsatmalar

Mahsulot tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

Nojo‘ya ta’sir

Mahsulot tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.