Sinbotik Tomchilar
Preparat xususiyatlari
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ichakdagi og‘riqlarni kamaytirish va hazm jarayonini yaxshilash uchun tabiiy komponentlardan iborat biologik faol qo‘shimcha.
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Tarkibi
1 ml tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Arpabodiyon ekstrakti 20 mg
- Melissa ekstrakti 20 mg
- Moychechak ekstrakti 20 mg
- Anis efir moyi 0,4 mg
- Tmin efir moyi0,04 mg
Farmakologik xossalari
Arpabodiyon mevasi ekstrakti ichak harakatini normallashtiradi, me'da shirasining ajralishiga yordam beradi, gaz hosil bo'lish jarayonini kamaytiradi, ichak sfinkterlarining spazmini bartaraf qiladi.
Melissa ekstrakti ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, yengil o't haydovchi ta'sirga ega, ichakning saprofit florasini tiklashga va ovqat hazm qilish fermentlarining sekresiyasiga yordam beradi, yallig'lanish alomatlarini kamaytiradi.
Moychechak gullari ekstrakti ishtahani yaxshilaydi, ovqat hazm qilish bezlarining sekretor faolligini oshiradi, qorin bo'shlig'i organlarining spazmlarini yengillashtiradi va ichakda gaz hosil bo'lishini kamaytiradi.
Anis efir moyi ichak faoliyatini normallashtiradi, qorin dam bo'lishini bartafaf qiladi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va ishtahani oshiradi.
Tmin efir moyi ichakdagi fermentasiya va parchalanish jarayonlarini to'xtatadi, peristaltikani normallashtiradi.
Ko‘rsatmalar
- chaqaloqlarda ichak kolikasining oldini olish va kompleks davolash;
- meteorizm (qorin dam bo'lishi);
- peristaltikaning buzilishi va ichak spazmlari;
- chaqaloqlarda ovqat hazm qilishni buzilishi, shu jumladan fermentlar va me'da shirasi ishlab chiqarish yetishmovchiligi.
Qo‘llash usuli
- 0 dan 1 yoshgacha 5-8 tomchidan kuniga 3 mahal;
- 1-3 yoshgacha 8-10 tomchidan kuniga 3 mahal;
- 4-6yoshgacha 15-20 tomchidan kuniga 3 mahal;
- 6-12 yoshgacha 20-30 tomchidan kuniga 3 mahal;
- 12 yoshdan kattalarga 30-40 tomchidan kuniga 3 mahal.
- Ishlatishdan oldin shishani chayqating!
- Tomchilar ovqatdan keyin qabul qilinadi. Qabul qilish kursi kasallikning og'irligiga va ta'siriga qarab 1-3 oy.
Qarshi ko‘rsatmalar
Sinbotik tarkibiy qismlariga yuqori ta'sirchanlik.