
Reproduktol Tabletkalar
Preparat xususiyatlari
Ayollarning reproduktiv tizimi funksional holatini yaxshilash uchun biologik faol qo‘shimcha. Inozitol, foliy kislotasi, marganes va xrom manbai
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Tarkibi
-
Inozitol 500 mg
-
Mio-inozitol 400 mg
-
D-xiro-inozitol 100 mg
-
Inozitolning ikkita faol shakli - mio-inozitol va D-xiro-inozitolning kombinatsiyasi eng fiziologik va muvozanatli hisoblanadi, chunki bu ikkala izomer odatda organizmda mavjud bo'lib, turli biologik jarayonlarni tartibga soluvchi ta'sir ko'rsatadi.
Farmakologik xossalari
Mio-inozitol:
- ayol jinsiy gormonlarining fiziologik muvozanatini saqlashda ishtirok etadi;
- qon zardobidagi androgenlar va prolaktin darajasini normallashtirishga va giperandrogeniyaning namoyon bo'lishini (soch o'sishi, akne, ortiqcha vazn), shu jumladan tuxumdon polikistozini bartaraf etishga yordam beradi;
- hayz siklni tartibga solishda ishtirok etadi va uning normallashishiga yordam beradi;
- muvaffaqiyatli urug'lantirishga tayyorgarlik ko'rish vaqtida tuxum hujayrasining yetilishida muhum rol o'ynaydi;
- insulin reseptorlaridan hujayra ichidagi signalni uzatishda ishtirok etadi, insulinga sezgirligining pasayishi va u bilan bog'liq metabolik kasalliklarni bartaraf etishda, bel va tana vaznini oshishida yordam beradi.
D-xiro-inozitol:
- testosteron ddarajasini pasaytirish va ovulyasiyani normallashtirishga yordam beradi;
- mio-inozitol ta'sirini kuchaytiradi;
- tana vaznining oshishi bilan uglevod va lipid metabolizmining metabolik ko'rsatkichlarini yaxshilashga yordam beradi.
Foliy kislotasi hujayra bo'linishi jarayonida ishtirok etadi, uning roli homila rivojlanish davrida hujayralarning tez bo'linishi va o'sishi davrida ayniqsa muhimdir. Homilaning uyg'un rivojlanishi va tug'ma nuqsonlarni oldini olish uchun homiladorlikni rejalashtirishda folik kislotasini qabul qilish tavsiya etiladi. Tuxumdon polikistozi va tana vaznining oshishi bilan og'rigan bemorlarda folik kislotasi gipergomosisteinemiya oldini olishga yordam beradi. Gipergomosisteinemiya giperkoagulyasia sindromi va homiladorlik asoratlarini rivojlanish xavfini oshiradi.
Marganes pidolati turli xil metabolik reaksiyalarda va hayz davrining gormonal boshqarilishida ishtirok etadi. Marganes ionlari organizmning antioksidant manbasini rag'batlantirish orqali normofiziologik siklni qo'llab-quvvatlashga yordam beradi. Marganes predmenstrual sindromning namoyon bo'lishini bartaraf etishga yordam beradi.
Insulinga nisbatan sezgilikning pasayishi xisobiga hayzning buzilishi, tuxumdon polikistozi va bepushtlik uchun xosdir. Marganes pidolati inozitollar (Mio-inozitol, D-xiro-inozitol), xrom va foliy kislotasi bilan birgalikda glikemik nazoratni kuchaytirish uchun samarali hisoblanadi. Reproduktol tuxumdon hujayralari, mushaklarning insulin, gonadotropin, lyuteinlashtiruvchi va follikulani rag'batlantiruvchi gormonlarga sezgirligini oshiradi va shu bilan ovulyatsiya sikllarini rivojlanish ehtimolini oshiradi.
Xrom pikolinati qonda qandni tartibga solish, metabolizm va yurak sog'lig'ini saqlashda muhim rol o'ynaydigan muhim mikroelementdir. Xrom pikolinati organizmdagi glyukoza va lipidlar metabolizmi bilan bog'liq metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Uning ta'siri periferik to'qimalarning insulinga nisbatan sezgirligining oshirilishi bilan bog'liq bo'lib, bu hujayralar tomonidan glyukozadan yanada samarali foydalanishga yordam beradi. Bu shtahani pasayishiga, yog'massasining kamayishiga va mushaklar hajmining ko'payishiga yordam beradi.
Ko‘rsatmalar
Ayollarning reproduktiv tizimining holatini yaxshilash uchun, shu jumladan:
- gormonlarsiz hayz davrini tiklash uchun, ayniqsa tartibsiz, kamdan-kam yoki kam hayz ko'rish holatlarida;
- predmenstrual sindrom fonida og'riqlarni kamaytirish va kayfiyat o'zgarishini oldini olish uchun;
- jinsiy gormonlar muvozanati buzilgan taqdirda teri va sochlarning holatini yaxshilash;
- pregravidar tayyorgarlik vaqtida, tuxum hujayrasining sifatli yetilishiga hissa qo'shadi, sog'lom homiladorlik va embrionning to'g'ri rivojlanishi ehtimolini oshiradi.
Uglevod va lipidlar metabolizmining metabolik ko'rsatkichlarini yaxshilash uchun:
- ateroskleroz, 2-turida qandli diabetning rivojlanish xavfini kamaytirish, yurak-qon tomir faoliyatini yaxshilash;
- qaddi-qomat va vazni tuzatish uchun, alimentar semirish holatida;
- uglevod almashinuvi buzilgan taqdirda normal glyukoza bardoshliligini tiklash.
Reproduktol insulin sezgirligining pasayishi kamaytirishga va natijada bel va tana vaznining pasayishiga, shu jumladan tuxumdonlar polikistozida yordam beradi.
Qo‘llash usuli
Tartibsiz hayz davrida, ayniqsa kamdan-kam hollarda hayz ko'rish kunidan qat'iy nazar kuniga 1 ta tabletkadan 2 mahal ovqat bilan birga menstrual siklning davomiyligidan qat'iy nazar, qabul qilish muddati 30 kun.
Muntazam hayz sikli bo'lsa hayz davrining 1-kunidan boshlab iching hayz davrining 1-kunidan boshlab iching kuniga 1 ta tabletkadan 2 mahal ovqat bilan birga menstrual siklning davomiyligidan qat'iy nazar, qabul qilish muddati 30 kun.
Qarshi ko‘rsatmalar
Tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik; homiladorlik va emizish (tajribasi yo'qligi sababli).