Livarti kids Tomchilar
Preparat xususiyatlari
Jigar faoliyatini yaxshilash uchun biologik faol qo‘shimcha. Lipid, oqsil, uglevod almashinuvini tartibga soladi, jigarning funksional holatini va uning toksinlardan tozalash funksiyasini yaxshilaydi. O't haydovchi ta'sirga ega. O'rtacha diuretik ta'sirga ega. Ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi. Ishtahani oshiradi. Oshqozon va ichak shirasining sekresiyasini va fermentlar faolligini oshiradi, ovqatning so'rilishini yaxshilaydi. Asab tizimining ishiga ijoiy ta'sir ko'rsatadi. Antioksidant va immunomodulyator xususiyatlarga ega biologik faol qo'shimchadir.
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Tarkibi
1ml quyidagilarkiradi:
- Artishok ekstrakti 200 mg
- L- karnitin 40 mg
- B1 vitamini 1mg
- B5 vitamini 1mg
- C vitamini 12mg
Farmakologik xossalari
Artishok ta'siri artishok barglarining tarkibidagi biologik faol moddalar bog'liq. Sinarin fenol kislotalari bilan birgalikda o'thaydovchi, shuningdek gepatoprotektiv ta'sirga ega. Artishok tarkibidagi askorbin kislotasi, karotin, B1 va B2 vitaminlari, inulin metabolikjarayonlarni normallashtirishga yordam beradi. Shuningdek, u peshob haydovchi ta'sirga ega va mochevinani chiqarilishini kuchaytiradi.
Levokarnitin metabolik, anabolik, antigipoksik ta'sirga ega, yog'almashinuvini faollashtiradi, regenerasiyani rag'batlantiradi, hujayralardagi energiya hosil bo'lishini oshiradi, beta-oksidlanish jarayonida ishtiroketish uchun uzun zanjirli yog'kislotalarini hujayralar mitoxondriyasidan o'tkazishni ta'minlaydi. Lipidlar metabolizmini yaxshilaydi. Oqsil metabolizmini normallashtiradi, oziq-ovqat bilan birga keladigan oqsillarning so'rilishini yaxshilaydi. Oshqozon va ichak shirasining sekresiyasini va fermentalar faolligini oshiradi, ovqatning so'rilishini yaxshilaydi. Yangi tug'ilgan chaqaloqning tanasidan bilvosita bilirubinning chiqarilishini tezlashtiradi va yangi tug'ilgan chaqaloqlarning bilvosita giperbilirubinemiyaga metabolik moslashishini yaxshilaydi. Ishtahani oshiradi. Glikogenning iqtisodiy sarflanishiga yordam beradi va uning jigar va mushaklardagi zaxiralarini ko'paytiradi, reparativjarayonlarni tezlashtiradi. U koenzim A(KoA) faolligini ta'minlaydigan metabolik jarayonlarning ko-faktoridir.
Vitamin B1 antioksidant, gangliolarni bloklovchi, immunostimulyator, metabolik ta'sirga ega. Hujayra membranalarini peroksid oksidlanish mahsulotlarining toksik ta'siridan himoya qiladi.
Vitamin B5 (pantoten kislotasi) organizmda pantotenik kislota asetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol o'ynaydigan koenzimi Aning bir qismidir. Pantoten kislotasi uglevod va yog'almashinuvida vaasetilxolin sintezida ishtirok etadi. U buyrak usti postlog'ida sezilarli miqdorda bo'ladi va kortikosteroidlarning shakllanishini rag'batlantiradi. To'qimalarda metabolikjarayonlarni faollashtiradi, regeneratsiyajarayonlarini yaxshilaydi.
Vitamin C (askorbin kislotasi). Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida, uglevodlar almashinuvida, lipidlarva oqsillarning sintezida, temir metabolizmida, hujayralarni nafas olishjarayonlarida ishtirok etadi, steroid gormonlar sintezini faollashtiradi. Organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshirishga yordam beradi; temirni so'rilishini yaxshilaydi. Hujayra ichidagi kollagen hosil bo'lishi uchun zarur, tishlar, suyaklar va kapillyar devorlarining tuzilishini mustahkamlash uchun zarurdir. Antioksidant xususiyatga ega.
Ko‘rsatmalar
- neonatal sariqlik
- jigarning toksik distrofiyasi;
- surunkali gepatit;
- jigar sirrozi (kompleks terapiyaning bir qismi sifatida);
- yog ' almashinuvining buzilishi bilan bog'liq jigar kasalliklari, shu jumladan yog'li gepatoz va jigar yog'li distrofiyasi;
- gepatitdan keyingi holat;
- surunkali intoksikasiyalarda (shu jumladan kasbga doir) jigar shikastlanishining oldini olish, dori-darmonlarni, spirtli ichimliklarni,nosteroid yallig'lanishga qarsh va silga qarshi dorilarni, barbituratlarni, trankvilizatorlarni uzoq muddat iste'mol qilish; organik erituvchilar; qo'ziqorindan, og'ir metall tuzlaridan, galogenlangan uglevodorodlardan zaharlanishida;
- o'tkir va surunkali xoletsistit, xolangit, safro diskineziyasining gipokinetik turi;
- gipokinetik tipdagi safro diskinezi;
- jigar, o't yo'llari, xolestaz kasalliklari rivojlanishining oldini olish;
- surunkali kalkuloz bo'lmagan xoletsistit.
Qo‘llash usuli
- 0-12 oylik bolalarga 5-10 tomchidan kuniga 3mahal;
- 1 - 5 yoshgacha 10-20 tomchidan kuniga 3 mahal;
- 6 - 12 yoshgacha 30-40 tomchidan kuniga 3 mahal;
- 12 yoshdan kattalarga 40-50 tomchidan kuniga 3 mahal. Ovqatdan oldinichish tavsiya etiladi.
Qarshi ko‘rsatmalar
Tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktatsiya davrida, agar ona uchun terapiyadan kutilayotgan foyda homila yoki chaqaloq uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, foydalanish mumkin. Ichakning yallig'lanish kasalliklari. Ich ketish.
Nojo‘ya ta’sir
Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkun. Ich kelishini ko'payishi.