Fersikard Tabletkalar
Preparat xususiyatlari
Universal antioksidant, metabolik va antigipoksant. Kardioprotektor va kardimetabolik. Kognitiv qobiliyatni yaxshilaydi, kollagenning tiklanishini rag‘batlantiradi.
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Tarkibi
- L-carnitine 500 mg
- Coenzyme Q 40 mg
- Kversetin 25mg
Farmakologik xossalari
L-karnitin (levokarnitin) - Bvitaminlari guruhiga kiruvchi aminokislotadir. Metabolik jarayonlarda yog ' kislotalarini hujayra membranalari orqali sitoplazmadan mitoxondriyaga olib boruvchi vosita sifatida ishtirok etadi, u yerda oksidlanib, katta miqdordagi metabolik energiya -ATF hosil qiladi. L-karnitin asab to'qimalarining zararli omillarga (shu jumladan gipoksiya, travma, intoksikasiyaga) chidamliligini oshiradi, anaerob glikolizni to'rmozlaydi, laktat asidoz darajasini pasaytiradi. Miya gemodinamikasini tiklashga va zararlangan hududga qon ta'minotini oshirishga yordam beradi, fokusdagi reparativ jarayonlarni tezlashtiradi va anabolik ta'sirga ega. Uzoq muddatli miya faoliyati bilan charchoqni kamaytiradi, jismoniy faoliyat paytida tananing ishlashi va chidamliligini oshiradi, kuchni tiklash uchun zarur bo'lgan vaqtni qisqartiradi va tetiklikni ta'minlaydi.
Koenzim Q10 (ubiquinon) - har bir hujayrada mavjud bo'lgan va organizmning energiya ta'minoti jarayonlarida muhim rol o'ynaydigan, kelib chiqishi oqsil bo'lgan katalizatordir. Koenzim Q10-organizm hujayralarini zarur biokimyoviy tarkibiy qismlar bilan ta'minlovchi zanjiridagi hayotiy bo'g'in bo'lib, kisloroddan yanada samarali foydalanishga yordam beradi. U antioksidant xususiyatlarga ega va radiasiya, stress, kimyoviy moddalar ta'sirida inson tanasida hosil bo'lgan erkin radikallarning zararli ta'sirini zararsizlantiradi. Koenzim Q10 yurakka himoya xususiyatiga ega, shuningdek immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi, qon bosimini normallashtiradi va qarish jarayonini sekinlashtiradi. Taxminan 30 yoshgacha, agar odam sog'lom bo'lsa, tana Q10 koenzimining yetishmovchiligi bilan mustaqil ravishda kurasha oladi. Yillar o'tgani sari va barcha kasalliklarda Q10 koenzimining to'qimalarda pasayishi kuzatiladi. Bu tana-ning energiya muvozanatini buzadi. Bunday yetishmovchilikning oqibatlari xolsizlik, befarqlik, depressiya, shuningdek yurak mushaklari, jigar, buyraklar va boshqa organlarning ishidagi buzilishlardir. Shuning uchun uni ovqat rasionigakiritish kerak, ayniqsa 30 yoshdan oshganlarga. Koenzim Q10 hujayra darajasida qarish jarayonini sekinlash-tiradi, kuchli antioksidant ta'sirga ega.
Kversetin - bioflavonoid. Kapillyarni stabillashtiradigan, kardioprotektiv, regenerativ, antioksidant, yallig'lanishga qar-shi, spazmolitik, antiulserogen va antisklerotik ta'sir ko'rsatadi. Yallig'lanish va allergen jarayonlarning rivojlanishiga yordam beradigan omillarning sintezi va faolligini to'xtatadi, biriktiruvchi to'qimalarni mustahkamlaydi, xolesterin miqdorini pasaytiradi, ko'plab foydali moddalarning (C vitamini va E vitamini) ta'sirini kuchaytiradi, qon tomirlari va kapillyarlarni mustahkamlaydi, qon mikrosirkulyatsiyasini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi, oshqozon shilliq qavatining tiklanish jarayonini faollashtiradi. Tana to'qimalarining ortiqcha glukozaning zararli ta'siriga chidamliligini oshiradi. Qandli diabet ehtimolini kamaytiradi, shuningdek, ushbu kasallikning kechishini yahshilaydi. Bu asab tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, asab tizimini faollashtiradi.
Ko‘rsatmalar
Profilaktika maqsadida va quyidagi kasalliklarda kompleks terapiyada qo'llaniladi:
- yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi (stenokardiya, miokard infarktini tiklanish paytida, infarktdan keyingi kardioskleroz), ateroskleroz, arterial gipertenziya, kardiyomiyopatiya;
- statinlar bilan davolashda qo'shimcha komponent sifatida;
- qon tomir, toksik va travmadan keyin kelib chiqadigan miya shikastlanishlaridagi nevrologik o'zgarishlar;
- kuchli jismoniy va psixo-emotsional zo'riqish: samaradorlikni oshirish, chidamlilik oshirish, shu jumladan keksa odamlarda ham charchoqni kamaytirish;
- stressli holatlarga chidamliligini oshirish uchun;
- vaznni kamaytirish uchun;
- uglevod almashinuvining buzilishi, glyukoza bardoshligining buzilishi va qandli diabet asoratlarining oldini olish;
- bolalar va o'smirlarda o'sish va mushak massasining orqada qolishi;
- teri kasalliklarini kompleks davolashda (psoriaz, seboreyali ekzema, o'choqli skleroderma, sistemali qizil yugurigi);
- buyrak yetishmovchiligida birlamchi va ikkilamchi karnitin yetishmovchiligini bartarafetish;
- kasallik va jarrohlik aralashuvlardan so'ng reabilitasiya davrida, tananing zaxira kuchlarini tiklash uchun;
- surunkali charchoq sindromi;
- astenik sindrom;
- vegetativ-qon tomir distoniyasi.
Qo‘llash usuli
kuniga - 1tabletkadan 2-3 mahal. Qabul qilishda ko'p miqdorda suv bilaniching.
Qarshi ko‘rsatmalar
Mahsulot tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Nojo‘ya ta’sir
Kamdan kam hollarda allergik reaksiyalar va holsizlik kuzatilishi mumkin.