Amaredetrim

Amaredetrim Tomchilar

Preparat xususiyatlari

Suyaklarni mustahkamlash, immunitetni saqlash va Bubble gum hidi bilan kaltsiy va fosfor almashinuvini tartibga solish uchun D3 vitamini xun takviyesi.

Faol moddalar: Xolekalsiferol (vit. D3), Menaxinon (vit. К2)
Ishlab chiqaruvchi: "Tocura Ilac San. ve Tic. A.S.", Istanbul, Turkey
Chiqarilish shakli: Tomchilar
Dorixonadan qidirisharrow

Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma

Tarkibi

1 ml - 20 tomchi

1tomchida xolekalsiferol (vit. D3) 500 ХВ menaxinon (vit. К2) 25 mkg

ВuЬЫе gum hidli rangsiz yoki sarg'ish yoki jigarrang-sarg'ish tusli, shaffof yoki ozgina yaltirovchi suyuqlik shaklidagi tomchi.

Farmakologik xossalari

D3 vitaminining eng muhim vazifasi kalsiy va fosfat metabolizmini tartibga solishdir, bu esa suyaklarning to'g'ri minerallashuviga va o'sishiga yordam beradi.

D3 vitamini D vitaminining taЬiiy shakli bo'lib, u inson terisida quyosh nurlari ta'sirida hosil bo'ladi. Vitamin D2 Ьilan taqqoslaganda, 25% yuqori faollik Ьilan ajralib turadi.

Vitamin К2 (menaxinon)- Ьiosinguvchanligi darajasi yuqori bo'lgan К vitaminning faol shakli. U kalsiy va D vitaminini o'zlashtirishga yordam beradi, osteoporozning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, oqsillar sintezida ishtirok etadi.

Ko‘rsatmalar

  • Oldini olish va davolash:
  • D vitamini yetishmovchiligi;
  • raxit va raxitga o'xshash kasalliklar;
  • gipokalsemik tetaniya;
  • osteomalyasiyalar;
  • suyakning modda almashinuvi Ьilan bog'liq kasalliklari (masalan, gipoparatiroidizm va psevdogipoparatiroidizm).
  • Osteoporozni davolash, shu jumladan postmenopauzal (kompleks terapiyaning Ьiг qismi sifatida).

Qo‘llash usuli

angi tug'ilgan chaqaloqlarga 4 xaftaligidan boshlab 2-3 yoshgacha to'g'ri parvarish va toza havoda yetarli darajada bo'lganda, profilaktika maqsadida kuniga 500 ХВ (1 tomchi) buyuriladi. Erta tug'ilgan chaqaloqlarga 4 xaftaligidan boshlab , egizaklarga va noqulay sharoitlarda yashaydigan bolalarga kuniga 1000-1500 ХВ (2-3 tomchi) buyuriladi. Yozda dozani kuniga 500 ХВ (1 tomchi) gacha kamaytirish mumkin.

So'rilishda muammo bo'lmagan kattalar uchun - kuniga 500 ХВ (1 tomchi); malabsorbsiya sindromi bo'lgan kattalar uchun - kuniga 3000-5000 ХВ (6-10 tomchi). Homilador ayollarga homiladorlikning 28-haftasidan boshlab kuniga 500 ХВ (1 tomchi) yoki kuniga 1000 ХВ (2 tomchi) buyuriladi. Postmenopauzal davrda kuniga 500-1000 ХВ (1-2 tomchi) buyuriladi.

Raxitni davolash uchun har kuni kuniga 1000-5000 ХВ (2-10 tomchi) dozada raxitning og'irligiga (1, 2 yoki, 3) va kasallikning variantiga qarab 4-6 hafta davomida buyuriladi. Bunday holda, bemorning klinik holati va Ьiokimyoviy ko'rsatkichlar (kalsiy, fosfor darajasi, qonda va siydikda IF faolligi) kuzatilishi kerak.

Dastlabki doza 3-5 kun davomida kuniga 1000 ХВ ni tashkil qiladi, yaxshi o'zlashtirilgandan keyin dozani individual dozaga oshiriladi (odatda kuniga 3000 ХВ gacha). Kuniga 5000 ХВ dozasi faqat yaqqol suyakdagi o'zgarishlarda buyuriladi. Agar kerak bo'lsa, 1 haftalik tanaffusdan so'ng davolanish kursini takrorlash mumkin.

Davolash aniq terapevtik ta'sirga ega bo'lgunga qadar davom ettirilishi kerak, so'ngra kuniga 500-1500 ХВ profilaktik dozaga o'tish kerak. Raxitga o'xshash kasalliklarni davolashda kuniga 20 000-30 ООО ХВ (40-60 tomchi) yoshi, tana vazni va kasalliklarning og'irligiga qarab, qonning Ьiokimyoviy ko'rsatkichlari va siydik tahlili nazorati ostida buyuriladi. Davolash kursi 4-6 hafta. Davolash shifokor nazorati ostida amalga oshiriladi. Postmenopauzal osteoporozni davolashda (kompleks terapiyaning Ьiг qismi sifatida) kuniga 500-1000 ХВ (1-2 tomchi) buyuriladi. Doza oziq-ovqat Ьilan ta'minlangan D vitamini miqdorini hisobga olgan holda individual ravishda belgilanadi.

Qarshi ko‘rsatmalar

  • gipervitaminoz D;
  • giperkalsemiya;
  • giperkalsiyuriya;
  • buyrak tosh kasaligi (buyrakda kalsiy oksalat toshlarining shakllanishi);
  • sarkoidoz;
  • o'tkir va surunkali jigar va buyrak kasalliklari;
  • buyrak yetishmovchiligi;
  • o'pka tuberkulyozining faol shakli.

Nojo‘ya ta’sir

Agar gipervitaminoz D belgilari paydo bo'lsa, Amaredetrimni bekor qilish, kalsiyni iste'mol qilishni cheklash, А, S va В vitaminlarini buyurish kerak. Boshqalar: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilishi mumkin.